Bugun, 23 mart kuni soat 16:55 da "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasiga "Qamchiq" dovonidan o`tgan “Vodiy-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha harakatlangan kalava ip ortilgan “IVEKO” rusumli yuk mashinasi kabina qismida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Zudlik bilan aytilgan manzilga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji etib borib yong`in bartaraf etilgan.
"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q" deyiladi xabarda.