1

Taniqli xonanda ayolini pichoqlab qo`ydi

Jamiyat 23.03.2023, 18:57
Taniqli xonanda ayolini pichoqlab qo`ydi

Xonanda Dilmurod Daliev kecha, 23 mart kuni tunda xotinini pichoqlab qo`ydi. Buning oqibatida ayol vafot etgan. 

Bu haqda uning do`sti Mirzoozod Mirzane`matov o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma`lum qildi. Bu haqda biroz avval xabar bergan edik. Bosh prokuratura Darakchi.uz'ga o`lim tafsilotlari haqida quyidagilarni ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 23 mart  kuni soat 01.55 larda Rishton tumanida yashovchi 36 yoshli D.D. qonuniy nihokdan o`tmay yashab kelgan 31 yoshli ayol M.B. bilan oilaviy masalada janjallashib, oshxona pichog`i bir necha marotaba unga tan jarohati etkazgan. 

Olgan tan jarohatlari oqibatida ayol hodisa joyida vafot etgan. 

Shu kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1