Ertaga, 24 mart kuni kunduzi O`zbekistonda G3 darajali 5 balli magnit bo`ronlari bo`lishi kutilmoqda.
Magnit bo`roning G3 darajadagi yuqori faolligi tush paytida kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy ta`sirini kamaytirish maqsadida, ovqatlanish rasionlariga baliq va ko`kat mahsulotlarini kiritish, iste`mol qilish tavsiya etiladi.
Magnit bo`ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz og`rish kuzatiladi.
Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko`proq o`tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig`ida yuqoridagi omilni o`zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo`riqish tavsiya etilmaydi.