AsosiyJamiyat

Navoiyda mast holatda mashina haydab kelayotgan qoraqalpog`istonlik yigit YPX xodimiga 4 million so`m "qistirmoqchi" bo`ldi

'Navoiyda mast holatda mashina haydab kelayotgan qoraqalpog`istonlik yigit YPX xodimiga 4 million so`m "qistirmoqchi" bo`ldi'ning rasmi

Navoiyda YPX xodimiga pora taklif qilgan shaxs IIV Shaxsiy xavfsizlik xodimlari tomonidan qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lump qilinishicha, Navoiy viloyati IIB JXX YHXB YPX bataloni to`rtinchi safarbarlik guruhi katta inspektori katta serjant Uchqun Xo`jaev ham Karmana tumani M-GRES chorrahasi blokpostida harakat ishtirokchilarini nazorat qilgan holda o`z xizmat vazifasini o`tayotgan edi. IIBYu xodimi Qoraqalpog`iston Respublikasiga tegishli raqamli “Lasetti” avtomashinasini harakatlaridan shubhalanib to`xtash ishorasini berdi. Gumon qilingani kabi haydovchi M.B spirtli ichimlik iste`mol qilib mast holda avtomil boshqarib kelayotgani tasdig`ini topdi. 30 yoshli qaraqalpog`istonlik yigit yo`l patrul xizmati xodimiga 4 mln so`m pora taklif etgan. Evaziga esa qoidabuzarlik turini boshqasiga almashtirish va mashinani jarima mayddoniga joylashtirmaslikni talab qiladi. YPX xodimining pora taklif qilish ham pora olish ham jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramay so`zida turib olgan M.B 3 mln so`m pullarni berayotgan vaqtda  IIV ShXBB Navoiy viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari tomonidan qo`lga olindi. Xozirda mazkur xolat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv xarakatlari olib borilmokda.

 

    Boshqa yangiliklar