Messi faoliyatidagi 800-golini urdi (video)

Sport 24.03.2023, 13:30
Messi faoliyatidagi 800-golini urdi (video)

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Panama terma jamoasi bilan o`yinda gol urdi. Shu tariqa argentinalik hujumchi professional faoliyatidagi 800-golini kiritdi. Bu haqda "zamon.uz" yozdi. Klubdagi faoliyati davomida Messi 701 ta terma jamoa safida esa 99 marta gol urishga muvaffaq bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, bugun, 24 mart kuni Argentina va Panama terma jamoalari o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Uchrashuv mezbonlari 2:0 hisobida zafar quchdi. 89-daqiqada “PSJ” hujumchisi Lionel Messi jamoasining ikkinchi golini urdi va tablodagi yakuniy hisobni o`rnatdi.

Sharhlar