AsosiyJamiyat

"O`zbekiston temir yo`llari" Qoraqalpog`istonda qulab tushgan yangi temir yo`l bo`yicha izoh berdi

'"O`zbekiston temir yo`llari" Qoraqalpog`istonda qulab tushgan yangi temir yo`l bo`yicha izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumanida qurilayotgan ko`prik qulab tushgani aks etgan suratlar tarqalgan edi. 

Holat yuzasidan Amudaryo tumani hokimligi Axborot xizmati rasmiy munosabatida yangi ko`prik qurilishi loyihasiga buyurtmachi etib - "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ, Bosh loyihachi etib — "Boshtransloyiha" AJ, Bosh pudratchi etib — "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning tarkibiy bo`linmalari belgilanganligi aytildi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ axborot xizmati ma`lum qilishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasining Amudaryo tumani hududining shimoliy qismidan o`tuvchi G`uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu (A-380) avtomobil yo`lining 717-718-km oralig`ida yangi temir yo`l yo`l o`tkazgichini qurish davrida ikkita oraliq balka hozircha noma`lum sabablarga ko`ra tushib ketgan.

Ushbu noxush holatdan hech kim jabr ko`rmagan. Bugungi kunda ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida tegishli mutaxassislar va maxsus laboratoriya xodimlari safarbar qilingan, deyiladi xabarda.

"Taqdim etilgan qisqa videodan ko`rinib turibdiki, ushbu sun`iy inshootning qurilish-montaj ishlari tugallanmagan, keyingi bosqichda yo`l o`tkazgich temir yo`l bilan ulash, temir yo`lning yuqori tuzilishi, relslar va shpallar yotqizilishi kerak. Balkalarning qulashi natijasida ob`ekt strukturasining boshqa tuzilmalari va qurilish uskunalari shikastlanmadi.  

Ushbu yo`l o`tkazgichni Amudaryo ustidan qurilayotgan qo`shma ko`prik bilan adashtirmaslik kerak. Mazkur yo`l o`tkazgich Amudaryo tumani hududidan Xorazm viloyati hududiga olib boruvchi yangi qurilayotgan Shavat – Qorauzak temir yo`l liniyasining bir qismidir", - deyiladi rasmiy munosabatda.

 

    Boshqa yangiliklar