1

O`zbekistonda bugun yana bir bor zilzila bo`lishi haqida xabarlar tarqalmoqda

Jamiyat 24.03.2023, 17:38
O`zbekistonda bugun yana bir bor zilzila bo`lishi haqida xabarlar tarqalmoqda

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda yana bir marta zilzila bo`lishi haqida xabarlar tarqaldi. FVV aholiga ushbu xabar yolg`on ma`lumot ekanligi haqida murojaat bilan chiqdi:

"Hurmatli hamyurtlar, bugun ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor zilzila ro`y berishi mumkinligi haqida yolg`on ma`lumotlar tarqalib, uning manbasi sifatida O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy veb-sayti ko`rsatilgan.

“7-9 balli zilzila ro`y berishi mumkin bo`lgan hududlar ro`yxati” FVV tomonidan e`lon qilinmadi. 

Aholimizni sarosimaga tushmaslikka va feyk xabarlarga ishonmaslikka chaqirib qolamiz.

Bugungi kunda zilzilaning vaqti va joyini aniq belgilab beruvchi texnologiya yo`qligini eslatib o`tamiz", deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1