AsosiyJamiyat

Toshkent hamda Xorazm viloyatlarida qalbaki alkogol mahsulotlarining savdosiga chek qo`yildi

'Toshkent hamda Xorazm viloyatlarida qalbaki alkogol mahsulotlarining savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bergan xabariga ko`ra, Xiva shahar va tuman bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “U.Q.” MChJ hamda “Kh.a.” xususiy korxonasiga qarashli savdo shoxobchalarida jami 728 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qo`yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Yangibozor va Urganch tuman bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “O.X.” MChJ hamda “M.A.” oilaviy korxonasiga qarashli savdo shoxobchalarida jami 273 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qo`yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalill sifatida olingan.

Departamentning Yangiyo`l shahar bo`limi tomonidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “A.D.” MChJga qarashli savdo do`konida tegishli hujjatlari bo`lmagan jami 147 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo`yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
  
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar