1

“Kosonsoydagi vaxshiy direktor”. Namangandagi maktabda 42 yoshli direktor 64 yoshli o`qituvchini urdi

Jamiyat 24.03.2023, 21:47
“Kosonsoydagi vaxshiy direktor”. Namangandagi maktabda 42 yoshli direktor 64 yoshli o`qituvchini urdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Kosonsoydagi vaxshiy direktor” nomli xabar tarqaldi. Holat yuzasidan  Namangan viloyati IIB ma`lumot taqdim etdi. .

Ma`lum qilinishicha, holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Joriy yilning 28 fevral kuni soat 09.30 larda Kosonsoy tuman XTBga qarashli 2-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida 1980 yilda tug`ilgan maktab direktori va 1959 yilda tug`ilgan o`qituvchi o`rtasida kelib chiqqan o`zaro nizo natijasida direktor o`qituvchining yuz qismiga boshi bilan bir marotaba urib, tan jarohati etkazganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jabrlanuvchining arizasiga asosan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, tergov yakuni bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1