AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar turli markazlar orqali Yaponiyaga 3 oylik viza bilan borib, “qochoq” maqomini olmoqda

'O`zbekistonliklar turli markazlar orqali Yaponiyaga 3 oylik viza bilan borib, “qochoq” maqomini olmoqda'ning rasmi

So`nggi yillarda ayrim kasb va yapon tili markazlari, firma va shaxslar tomonidan "Yaponiyada qonuniy ishlash, biznes-hamkor topish, oyiga 3-5 ming AQSh dollari topish, ishchi viza muddati va maqomini qiyinchiliklarsiz uzaytirish imkoniyatlari mavjud" degan asossiz ma`lumotlar berilib, 3-6 ming AQSh dollari evaziga fuqarolarni Yaponiyaga jo`natish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar qilmoqda.

Xususan, fuqarolar Yaponiyaga 3 oylik biznes viza bilan “soxta tadbirkor" sifatida kirib borib, ular tomonidan mahalliy qonunchilikni buzish, noqonuniy mehnat bilan shug`ullanish hamda Yaponiyada “qochoq” maqomini olish kabi holatlar ham uchramoqda.

Ushbu markaz, firma va shaxslarning noqonuniy faoliyati natijasida Yaponiyaga kirib borish vaqtida aksariyat yurtdoshlarimiz immigrasiya organlari xodimlari tomonidan ushlanib, O`zbekistonga deportasiya qilinmoqda.

“Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizga xorijda “qochoq” maqomini olishga urinish uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o`tamiz hamda yolg`on ma`lumotlar va oson ish takliflariga ishonmaslikni va ularning tarqalishiga yo`l qo`ymasliklarini so`raymiz”, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar