AsosiyJamiyat

Farg`onada bojxona xodimi motosiklda avtohalokatga uchrab, hodisa joyida vafot etdi

'Farg`onada bojxona xodimi motosiklda avtohalokatga uchrab, hodisa joyida vafot etdi'ning rasmi

Farg`onada bojxona xodimi motosiklida avtohalokatga uchrab, hodisa joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, avtohalokat 2023 yil 2 mart kuni “Farg`ona xalqa yo`li”ning Marg`ilon shahar hududidan o`tgan 226 km.da sodir bo`lgan.

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimi M.M. boshqaruvidagi “Yamaha” rusumli motosiklda ushbu yo`lda harakatlanib kelib, boshqaruvni yo`qotib yo`l chetidagi beton to`siqqa uriladi. So`ng motosikl o`z yo`nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Jentra” rusumli avtomashinaning orqa chap tomoniga urilib, yo`l transport hodisasi sodir etgan. Natijada M.M. olgan tan jarohati oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar  prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishining dastlabki tergovi ustidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o`rnatilgan.

    Boshqa yangiliklar