Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Xovos tumanida qishloq xo`jaligi bo`limi etakchi mutaxassisi ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Tuman qishloq xo`jaligi bo`limi etakchi mutaxassisi B.J. fuqaro O.K.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida chorvachilik bilan shug`ullanish uchun 10 gektar zaxiradagi er maydonini auksion orqali olib berish evaziga 17 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergo tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






