AsosiyDunyo

Suriyada AQSh harbiy bazasiga hujum bo`ldi

'Suriyada AQSh harbiy bazasiga hujum bo`ldi'ning rasmi

Suriyaning Hasaka viloyatida Amerika Qo`shma Shtatlarining DEASH'ga qarshi kurash bo`yicha koalisiya bazasiga uchuvchisiz havo vositasi bilan uyushtirilgan hujumda 1 kishi halok bo`ldi, 6 kishi tan jarohati oldi.

Pentagon tomonidan qilingan bayonotda, kecha mahalliy vaqt bilan soat 13:30 larda DEASH'ga qarshi koalisiyaga tegishli ta`mirlash ob`ektiga bir dron urilgani ma`lum qilindi.

Bayonotda, hujum oqibatida AQSh bilan ishlagan 1 nafar aloqa xodimi halok bo`lgani, 1 nafar shartnomaviy xodim va 5 nafar AQSh askari tan jarohati olgani ma`lum qilindi.

Razvedka uchuvchisiz havo vositasini Eronga tegishli deb hisoblagan.

    Boshqa yangiliklar