Kecha, 25 mart kuni Saida Mirziyoeva Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo`yicha AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu bilan uchrashdi.
Saida Mirziyoevaning yozishicha, uchrashuvda O`zbekiston va AQSh o`rtasida ta`lim sohasida to`plangan ko`p yillik o`zaro sa`y-harakatlar, shu sohada O`zbekistonda hozirgi vaqtda kechayotgan islohotlar va kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qilingan.
«Men, Prezident Administrasiyasining Ta`lim strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi xodimi sifatida o`zim uchun bolalar va yoshlarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish ustuvor ahamiyatga ega ekanligini qayd etdim», – deydi Mirziyoeva.
Shuningdek, muloqot davomida madaniy merosni asrash, OAV va so`z erkinligini rivojlantirish kabi muhim masalalarga ahamiyat qaratilgan.
Eslatib o`tamiz, kecha Saida Mirziyoeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi va AQSh prezidenti administrasiyasining gender siyosati bo`yicha Kengashi direktori Jennifer Klyayn bilan ham uchrashgan edi.






