AsosiyJamiyat

Toshkentdan ayrim viloyatlarga qatnaydigan poezdlar jadvali 19 kunga vaqtincha o`zgartirildi

'Toshkentdan ayrim viloyatlarga qatnaydigan poezdlar jadvali 19 kunga vaqtincha o`zgartirildi'ning rasmi

Toshkentdan ayrim viloyatlarga qatnaydigan poezdlar harakati jadvali 19 kunga vaqtincha o`zgartirildi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, Islom Karimov nomidagi aeroportni Bobur ko`chasi bilan bog`lovchi ko`prikda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2023-yilning 27-mart sanasidan 15-aprel sanasiga qadar quyidagi yo`lovchi poezdlar harakati jadvaliga o`zgartirishlar kiritiladi:

780-sonli Toshkent–Qarshi yo`nalishi Toshkent 06:57 — Qarshi 10:21;
779-sonli Qarshi–Toshkent yo`nalishi Qarshi 15:25 — Toshkent 18:56;
762-sonli Toshkent–Buxoro yo`nalishi Toshkent 07:25 — Buxoro 11:17;
760-sonli Toshkent–Qarshi yo`nalishi Toshkent 07:57 — Qarshi 11:21;
758-sonli Toshkent–Shahrisabz yo`nalishi Toshkent 07:57 — Shahrisabz 12:26;
764-sonli Toshkent–Samarqand yo`nalishi Toshkent 08:20 — Samarqand 10:43;
770-sonli Toshkent–Buxoro yo`nalishi Toshkent 08:56 — Buxoro 12:48;
768-sonli Toshkent–Samarqand yo`nalishi Toshkent 13:37 — Samarqand 15:48;
766-sonli Toshkent–Buxoro yo`nalishi Toshkent 18:42 — Buxoro 22:36;
10-sonli Toshkent–Buxoro yo`nalishi Toshkent 09:06 — Buxoro 15:07;
60-sonli Toshkent–Andijon yo`nalishi Toshkent 08:02 — Andijon 13:56;
61-sonli Andijon–Toshkent yo`nalishi Andijon 05:57 — Toshkent 12:15;
12-sonli Toshkent–Buxoro yo`nalishi Toshkent 18:57 — Buxoro 01:44;
124-sonli Toshkent–Volgograd yo`nalishi Toshkent 23:55 — Volgograd 09:56;
123-sonli Volgograd–Toshkent yo`nalishi Volgograd 19:59 — Toshkent 07:16;
302-sonli Toshkent–Dushanbe yo`nalishi Toshkent 16:18 — Dushanbe 10:39;
6429-sonli Toshkent–Xojikent yo`nalishi har shanba va yakshanba Toshkent 07:14 — Xojikent 08:55;
6429-sonli Toshkent–Xojikent yo`nalishi Toshkent 07:14 — Xojikent 09:25;
6409-sonli Angren–Toshkent” yo`nalishi Angren 04:30 — Toshkent 07:13.

    Boshqa yangiliklar