AsosiyJamiyat

Buxorodagi bir qancha oilaviy bog`chalar faoliyati vaqtincha to`xtatildi 

'Buxorodagi bir qancha oilaviy bog`chalar faoliyati vaqtincha to`xtatildi 'ning rasmi

Buxoro viloyatidagi bir qancha oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Maktabgacha ta`lim agentligi axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko`ra, butun respublika bo`ylab bosqichma-bosqich Davlat-xususiy sherikligi asosidagi hamda oilaviy nodavlat bog`chalarning faoliyati o`rganilmoqda. Xuddi shunday o`rganishlardan biri Buxoro viloyatida ham o`tkazildi. 

O`rganish natijalariga asosan G`ijduvon tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar R.M, YTT J.Sh, YTT M.D, Romitan tumanidagi YTT N.M, YTT H.M.larning faoliyati vaqtincha to`xtatildi. Sabablari: 

davlat bog`chasida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarni go`yoki YTT R.M. va  YTT J.Sh.lardagi oilaviy nodavlat bog`cha tarbiyalanuvchilari  sifatida Nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi orqali davomatdan o`tkazilgani;

davlat MTTda faoliyat olib borayotgan xodim, xuddi shu ishlayotgan davlat bog`chasidagi tarbiyalanuvchilarni o`zi ochgan YTT M.D.dagi oilaviy nodavlat bog`chasidagi tarbiyalanuvchilar o`rniga davomatdan o`tkazgani;

YTT H.M.da faoliyat yuritayotgan tarbiyachi Sh.D, YTT N.S.dagi tarbiyalanuvchilarning tasvirini yuklab, go`yoki YTT H.M.ning tarbiyalanuvchisi sifatida davomat qilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, ular davlat budjetidan subsidiyalarni noqonuniy yo`llar bilan o`zlashtirayotgani aytilgan.

Tadbirkorlarning faoliyatiga qonuniy chora ko`rish uchun huquq-tartibot organlariga to`plangan hujjatlar yuborilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar