AsosiyJamiyat

Buxoroda "Cobalt" salonidan tanasini chiqarib harakatlangan yo`lovchi va haydovchisiga chora ko`rildi

'Buxoroda "Cobalt" salonidan tanasini chiqarib harakatlangan yo`lovchi va haydovchisiga chora ko`rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda «Toza havoda dam olishni xohlasangiz Buxoroga keling» sarlavhasi ostida joylangan videolavha e`lon qilindi. 

Holat yuzasidan Buxoro IIB Matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur video shu kuni Buxoro shahar IIO FMB Navbatchilik qismida tegishli tartibda qayd qilinib, JXX YHXB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida holat yuzasidan (80 O 503 KA) davlat raqam belgili, «Cobalt» rusumli avtotransport vositasida sodir etilganligi va uni boshqargan hamda avtomashina salonining old oynasidan tana a`zosini tashqariga chiqargan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilib, haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar