Davlat soliq qo`mitasining ma`lumot berishicha, ayni paytda 1,4 mln nafarga yaqin iste`molchiga 70,8 mlrd so`m to`lab berilgan.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o`tgan oylar uchun yana 9,4 mlrd so`m keshbek tasdiqlandi.
Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 980 mlrd so`mdan oshgan.
Ta`kidlanishicha, tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi va soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to`lab boriladi.
Ma`lumot uchun, o`tgan oyda 2,1 mln nafardan ortiq iste`molchilar tomonidan 106,6 mlrd so`m keshbek yig`ilgan. Bu 2022 yilning mos davriga nisbatan 80 mlrd so`mga ko`p.






