AsosiyJamiyat

Buxoroda ayrim oilaviy bog`chalar faoliyati vaqtincha to`xtatildi

'Buxoroda ayrim oilaviy bog`chalar faoliyati vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

Buxoro viloyatidagi bir qancha oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Maktabgacha ta`lim agentligi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko`ra, butun respublika bo`ylab bosqichma-bosqich Davlat-xususiy sherikligi asosidagi hamda oilaviy nodavlat bog`chalarning faoliyati o`rganilmoqda. Xuddi shunday o`rganishlardan biri Buxoro viloyatida ham o`tkazildi. O`rganish natijalariga asosan G`ijduvon tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar R.M, YaTT J.Sh, YaTT M.D, Romitan tumanidagi YaTT N.M, YaTT H.M.larning faoliyati vaqtincha to`xtatildi. Sabablari: 

  • davlat bog`chasida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarni go`yoki YaTT R.M. va  YaTT J.Sh.lardagi oilaviy nodavlat bog`cha tarbiyalanuvchilari  sifatida Nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi orqali davomatdan o`tkazilgani;
  • davlat MTTda faoliyat olib borayotgan xodim, xuddi shu ishlayotgan davlat bog`chasidagi tarbiyalanuvchilarni o`zi ochgan YaTT M.D.dagi oilaviy nodavlat bog`chasidagi tarbiyalanuvchilar o`rniga davomatdan o`tkazgani;
  • YaTT H.M.da faoliyat yuritayotgan tarbiyachi Sh.D, YaTT N.S.dagi tarbiyalanuvchilarning tasvirini yuklab, go`yoki YaTT H.M.ning tarbiyalanuvchisi sifatida davomat qilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, ular davlat byudjetidan subsidiyalarni noqonuniy yo`llar bilan o`zlashtirayotgani aytilgan. Tadbirkorlarning faoliyatiga qonuniy chora ko`rish uchun huquq-tartibot organlariga to`plangan hujjatlar yuborilmoqda.

    Boshqa yangiliklar