AsosiyJamiyat
2406

Ayrim iste`mol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkada qo`llanilishi uzaytirildi

'Ayrim iste`mol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkada qo`llanilishi uzaytirildi'ning rasmi

“Iste`mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–41-son, 23.03.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.

Farmonga ko`ra, 2024 yil 1 yanvargacha O`zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo`llaniladigan tovarlar ro`yxati tasdiqlandi. Jumladan:

- yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;

- pishloq va tvoroglar;

- yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;

- yangi olma, nok va behi;

- bug`doy yoki javdardan tashqari g`alla donidan un;

- kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.

Ma`lumot uchun: Prezident farmoniga asosan ilgari mazkur muddat 2023 yil 1 iyulga qadar edi.


 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar