Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko`chasida YTH sodir bo`ldi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 26 mart kuni soat taxminan 21:00 larda Shota Rustaveli ko`chasi Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudi qarshisida 2002 yilda tug`ilgan A.Sh boshqaruvidagi 01 M 888 JB davlat raqamli belgili Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo`qotib, yo`l chetidagi to`siqqa urilishi natijasida, yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
«Malibu-2» rusumli avtomashina yo`lovchisi 2006 yilda tug`ilgan A.A.ga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko`rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






