1

Issiq, chang-to`zon, yomg`ir… Joriy haftada qaerda qanday ob-havo bo`lishi e`lon qilindi

Jamiyat 27.03.2023, 11:47
Issiq, chang-to`zon, yomg`ir… Joriy haftada qaerda qanday ob-havo bo`lishi e`lon qilindi

“O`zgidromet” joriy hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Qayd etilishicha, bugun O`zbekiston hududi bo`yicha havo asosan kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi.

Ertaga respublika hududining katta qismda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Chorshanba kuni hududning katta qismida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

Chorshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

Juma kuni O`zbekistonning barcha hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu haftada havo harorati kechalari 9-14 daraja, kunduz kunlari 27-28 martda 22-27 daraja, 29-31 martda 20-25 daraja atrofida bo`ladi.

27-28 martda shimolda va cho`l hududlarda, 29 martda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida 28-31 martda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Poytaxtimizda: havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, 27-28 martda yog`ingarchilik kutilmaydi, 29-30 martda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol asosan kuchsiz esadi, faqat 29 martda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-28 martda kechasi 9-11 daraja, kunduzi 24-26 daraja, 29-30 martda kechasi 11-13 daraja, kunduzi 20-22 daraja bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1