AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya Yaponiya dengiziga yana ikkita raketa uchirdi

'Shimoliy Koreya Yaponiya dengiziga yana ikkita raketa uchirdi'ning rasmi

Dushanba kuni ertalab KXDR Yapon dengizi tomon ikkita ballistik raketani uchirdi, deb xabar bermoqda Yaponiya qirg`oq qo`riqlash xizmati. Uchirishni Janubiy Koreya harbiylari ham tasdiqlagan.

Ikkala raketa ham Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasi tashqarisiga kelib qo`ndi, deb xabar bermoqda Yaponiyaning NHK telekanali.

NHKning aniqlik kiritishicha, Yaponiya hukumati Bosh vazir devonining Inqirozlarni boshqarish markazida tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat guruhning favqulodda yig`ilishini chaqirgan. Ular ma`lumot to`playdi va zarar haqida ma`lumotlarni tekshiradi.

Ayni paytda kemalar yoki samolyotlarga zarar etkazilgani haqida xabarlar yo`q.

Bundan tashqari, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida boshqarmalarga kiruvchi ma`lumotlarni to`plash va tahlil qilish, operativ ma`lumotlarni aholiga etkazish, shuningdek, havo kemalari va kemalar xavfsizligini ta`minlash, kutilmagan holatlarga tayyorgarlik ko`rish uchun barcha choralarni ko`rish bo`yicha topshiriq berdi.

Taxminlarga ko`ra, KXDR shu tariqa Janubiy Koreya va AQShning o`tgan hafta boshlangan Ssangyong harbiy mashg`ulotlariga qarshi o`z noroziligini bildirmoqda.

Mashqlar kelasi dushanba kuni yakunlanishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar