1

Bugun Toshkentda shaxmat bo`yicha xalqaro turnir boshlanadi

Jamiyat 27.03.2023, 13:11
Bugun Toshkentda shaxmat bo`yicha xalqaro turnir boshlanadi

Bugun, 27 mart kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida shaxmat bo`yicha XVII jahon chempioni Rustam Qosimjonov xalqaro turniri boshlanadi.

Mukofot jamg`armasi 70 ming dollardan iborat mazkur turnirda ishtirok etish uchun 9 davlatning 20 nafarga yaqin kuchli shaxmatchilari Toshkentda jam bo`lishdi. Turnir 9 turdan iborat bo`lib, musobaqalar “Chellenjer” va “Masters” guruhlarida tashkil etiladi.

“Masters” guruhida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov singari yosh va iste`dodli grossmeysterlarimiz qatori jahon shaxmatida o`z o`rniga ega bo`lgan ozarbayjonlik Shaxriyar Mamedyarov, niderlandiyalik Jorden van Forest, eronlik Parxam Magsudlu qatnashayotganligi, ular safida nomdor shaxmatchimiz Rustam Qosimjonov ham g`oliblik uchun kurash olib borishi xalqaro turnirning nechog`lik shiddatli o`tishini anglatadi.

“Chellenjer”guruhida esa yurtimizning 5 nafar iqtidorli yosh shaxmatchisi hamda Germaniya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarning yana 5 nafar shaxmatchisi qatnashadi.

Musobaqalar 30 martga qadar davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1