1

Buxoroda yuk mashina haydovchisi YTHga uchradi

Jamiyat 27.03.2023, 13:30
Buxoroda yuk mashina haydovchisi YTHga uchradi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Charchoqlik sabab haydovchi uxlab qoldi. Natijada esa..» sarlavhasi ostida video e`lon qilindi. Holat bo`lishicha Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi

Ma`lum qilinishicha, holat joriy yilning 23 mart kuni soat 20:10 larda Buxoro viloyati Buxoro tumani hududidan o`tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan A-380 Buxoro Xalqa avtomobil yo`lining 16-km. ga etganda sodir bo`lgan.

Bunda Turkmaniston Respublikasi Ovri shahrida yashovchi, 1992-yilda tug`ilgan Dins Tanju ismli shaxs boshqaruvida bo`lgan «Mersedes-Bens» rusumli (33 ANG 869) davlat raqam belgili yuk avtomashinasi harakatlanish vaqtida yo`lni ajratib turuvchi BDO-3 beton to`siqqa urilishi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

Yo`l-transport hodisasi «Mersedes-Bens» rusumli (33 ANG 869) davlat raqam belgili yuk avtomashinasi haydovchisining uxlab qolishi natijasida yuz bergan.

Mazkur yo`l-transport hodisasida hech kim tan jarohati olmagan, faqatgina transport vositasiga shikast etgan.

Holat yuzasidan Buxoro tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1