1

“Uzbekistan Airports” va “Hududiy elektr tarmoqlari” davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida qonun buzdi

Jamiyat 27.03.2023, 14:32
“Uzbekistan Airports” va “Hududiy elektr tarmoqlari” davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida qonun buzdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan byudjet buyurtmachilari tomonidan maxsus axborot portallari orqali amalga oshirilayotgan davlat xaridlariga oid e`lonlarni o`rganilganda, qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`yilayotganligi aniqlangan.Bu haqda agentlik Axborot xizmati ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, vazirlik va idoralar tomonidan joriy yilning fevral oyida jami 4,35 trln so`mlik 77 411 ta davlat xaridlari amalga oshirilgan bo`lib, shundan 234,2 mlrd so`mlik 39 006 ta xaridlar elektron do`kon, 25,5 mlrd so`mlik 1 895 ta xaridlar elektron auksion, 203 mlrd. so`mlik 2 103 ta xaridlar eng yaxshi taklifni tanlash, 107,5 mlrd. so`mlik 521 ta xarid tender, 1,5 trln. so`mlik 9 989 ta xaridlar yagona etkazib beruvchilar bilan, 2,28 trln. so`mlik 23 897 ta xaridlar to`g`ridan-to`g`ri shaklda amalga oshirilgan. 

Jumladan,  fevral oyida jami 25 mlrd so`mlik qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish hamda kelgusida shu kabi holatlariga yo`l qo`ymaslik haqida buyurtmachilarga 26 ta taqdimnoma, shuningdek, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun to`plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Xususan, “Uzbekistan Airports” AJ buyurtmachiligida 2023 yil 7 fevral kuni 4,3 mlrd so`mga jihozlar xarid qilish bo`yicha o`tkazilgan davlat xaridi o`rganilganda “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonunning 34-moddasi talabiga zid ravishda davlat xaridlari jarayonida ishtirokchilarga raqobatni cheklovchi shartlar kiritilganligi aniqlangan.

Shu kabi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali buyurtmachiligidagi 2023 yil 10 fevral kuni 2,6 mlrd so`mga “Temir-beton ustun” xarid qilish bo`yicha o`tkazilgan davlat xaridi o`rganilganda “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonunning 10,  14, 46-moddalari talablari buzilganligi ma`lum bo`ldi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligidagi 2023 yil 10 fevral kuni 796 mln so`mga tibbiy asbob uskunalar sotib olish bo`yicha o`tkazilgan davlat xaridida affillanganlik holatlariga baho berilmaganligi aniqlandi.

Mazkur holatlarda xarid komissiyasi tomonidan o`zaro affillangan ishtirokchilar xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatilmasdan O`zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonunining 23-moddasi va “Raqobat to`g`risida”gi Qonunining 14-moddasi talablari buzilgan.

Agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnoma va so`rovnomalar natijasida 12 ta davlat xaridi bekor qilingan hamda 7 ta ma`muriy ish qo`zg`atilgan.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1