1

Bu yil qancha xorijiy OTM tomonidan berilgan diplom tan olingan?

Jamiyat 27.03.2023, 17:04
Bu yil qancha xorijiy OTM tomonidan berilgan diplom tan olingan?

AOKAda Bilimni baholash agentligining rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida tizimda o`tgan yilda amalga oshirilgan ishlar va joriy yildagi rejalar haqida ma`lumot berildi.

Qayd etilishicha, 2023 yilda Agentlik tomonidan 50 dan ortiq turdagi test sinovi tashkil etilib, unda 2 mln nafardan ortiq talabgor test sinovidan o`tkaziladi.

Buning uchun 15 ta umumta`lim fanidan 25 mingga yaqin, qardosh tillardan 4,5 mingdan ortiq, sharq tillari hamda ispan va italyan tillaridan 1,7 mingdan ortiq, 50 tadan ortiq maxsus fandan 15 mingdan ortiq test topshiriqlari shakllantiriladi.

Abiturientlarning test materiallari bilan ishlash ko`nikmasini shakllantirish maqsadida namunaviy test topshiriqlari asosida 100 ming nafarga yaqin yoshlarning diagnostik test sinovlari orqali bilimi baholanadi.

1,8 mingdan ortiq test variantlarining klassik va zamonaviy test nazariyalari asosida statistik tahlili amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1