1

Tramp o`ziga qarshi tergovni Stalin qatag`onlariga tenglashtirdi

Dunyo 27.03.2023, 19:05
Tramp o`ziga qarshi tergovni Stalin qatag`onlariga tenglashtirdi

Donald Tramp o`ziga qarshi tergov harakatlarini Stalin qatag`onlari bilan solishtirdi. Bu haqda u Texasdagi chiqishida ma`lum qilgan, deb yozadi zamon.uz.

Sobiq prezidentning so`zlariga ko`ra, unga qarshi surishtiruv ishlari “eng boshidan yalmog`iz oviga o`xshaydi va birin-ketin soxta surishtiruv”dan boshqa narsa emas. Siyosatchi ushbu ish bilan shug`ullanayotgan prokurorlarni tanqid qilgan.

Nyu-York prokuraturasi Trampga qarshi Stromi Deniels bilan bog`liq ishni ko`rib chiqmoqda. U Denielsga o`zi bilan aloqalarni yashirish uchun 130 ming dollar to`lashda ayblanmoqda.

Bundan tashqari, hozirda sud ixtiyorida Trampga qarshi ikki polisiyachi va 11 kongressmen tomonidan berilgan da`vo ham turibdi. Ular 2021 yil 6 yanvar kungi “Kapitoliy voqealari”da sobiq prezidenti ayblashmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1