AsosiyJamiyat
1752

Buxorodagi shifoxonada xodimlar bosim ostida ishdan haydalayotgani rostmi? Viloyat SSB izoh berdi

'Buxorodagi shifoxonada xodimlar bosim ostida ishdan haydalayotgani rostmi? Viloyat SSB izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi shifokorlarining majburan ishdan bo`shatilayotgani aks etgan video tarqaldi. Holatga viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur poliklinika 1984 yilda qurilgan bo`lib, 3 qavat va podval qismidan iborat. Muassasada bosqichma-bosqich ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan poliklinikada faoliyat ko`rsatayotgan tibbiyot xodimlarini boshqa qavatlarda faoliyat ko`rsatishini ta`minlash uchun tashkiliy masalalar ko`rib chiqilmoqda.

Ushbu masala bo`yicha viloyat hokimining o`rinbosari va sog`liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan muassasa xodimlari orasida tushuntirish ishlari o`tkazilgan.

“Xodimlarni bosim ostida ishdan haydalayotganligi to`g`risidagi ma`lumotlar asossizligini ma`lum qilamiz. Ayni paytda barcha tibbiyot xodimlari o`z xizmat vazifalarini to`laqonli bajarmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar