AsosiyJamiyat

Jizzaxda farzandlari oldida xotinini o`ldirgan erkak 17,5 yilga qamaldi

'Jizzaxda farzandlari oldida xotinini o`ldirgan erkak 17,5 yilga qamaldi'ning rasmi

Jizzaxda o`z xotinini farzandlari yonida pichoqlab o`ldirgan shaxsga nisbatan 17,5 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi

Qayd etilishicha, holat 2022 yil 2 sentyabr kunida sodir bo`lgan. Jizzax viloyatining Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida yashovchi er-xotin o`rtasida o`zaro janjal chiqib, u uch nafar farzandi bor onaning o`limi bilan yakun topgan. Er janjal paytida turmush o`rtog`ini yuvinish xonasiga olib borib, farzandlarining ko`z oldida ayovsiz kaltaklab, duch kelgan joyiga pichoq sanchgan. Tanasining turli qismlaridan jami 25 marta pichoq egan ayol og`ir jarohatlar bilan vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Zarbdor tumani sudi raisining aytishicha, o`lim bilan yakunlangan janjalga oiladagi moddiy tomondan kelishmovchilik sabab bo`lgan.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazo umumiy tartib kaloniyalarida o`taladi.

    Boshqa yangiliklar