1

O`tgan yilda aholi maskanlarining 75 foizi 4G aloqa qamrovi bilan qoplangan

Jamiyat 28.03.2023, 13:35
O`tgan yilda aholi maskanlarining 75 foizi 4G aloqa qamrovi bilan qoplangan

AOKAda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o`rinbosari Oleg Pekos, Telekommunikasi infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i Murodjon Yo`ldoshev, Strategik rivojlantirish departamenti boshlig`i Jahongir Shukurov ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida 2022 yilda tizimda amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berildi.

Jumladan, 2022 yilda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 370 ta (+70, 165 ta mobil ilovalar orqali) davlat xizmati ko`rsatilgan.  

2023 yilda ular sonini 200 taga oshirib, 570 taga (265 tasi mobil ilovalar orqali) etkazish rejalashtirilgan. Buning natijasida aholining 36 mlrd so`m mablag`i tejalib, 70 dan ortiq hujjat so`rovi bekor qilindi.  

2023 yilda elektron xizmatlar ulushini 70 foizga (21 mln) etkazish mo`ljallangan.

Yagona portaldan foydalanuvchilar soni 2021 yilda 1 000 mingni, 2022 yilda 4 000 mingni tashkil qilgan. 2019 yilga qaraganda foydalanuvchilar soni 52 baravarga ortgan. Bu jarayonda 135 mlrd so`mga yaqin yo`lkira va qog`oz xarajatlari tejalgan.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1