Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2022/23-o`quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumta`lim tashkilotlarida 5 014 nafar o`qituvchi faoliyat yuritmoqda.
Nodavlat umumta`lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o`qituvchilarning umumiy soni 2018/2019 o`quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 3 381 nafarga yoki 3,1 barobarga ko`paygan.
Yillar kesimida nodavlat umumta`lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o`qituvchilarning umumiy soni:
— 2018/2019-o`quv yili boshiga – 1 633 kishi
— 2019/2020-o`quv yili boshiga – 2 353 kishi
— 2020/2021-o`quv yili boshiga – 2 859 kishi
— 2021/2022-o`quv yili boshiga – 3 578 kishi
— 2022/2023-o`quv yili boshiga – 5 014 kishi
28.03.2023 17:59
O`zbekistonda nodavlat maktablarda qancha o`qituvchi faoliyat yuritayotgani ma`lum qilindi






