AsosiyJamiyat
9321

O`zbekistonda 9 ballik zilzila bo`lishi haqida xabar tarqalmoqda. Rasmiy izoh berildi (video)

'O`zbekistonda 9 ballik zilzila bo`lishi haqida xabar tarqalmoqda. Rasmiy izoh berildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda shu hafta O`zbekiston hududida 9 balli zilzila sodir bo`lishi haqida aytilgan video tarqaldi.

 Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi bunga nisbatan rasmiy munosabat bildirdi

Qayd etilshicha, bugun, 28 mart kuni Telegram ijtimoiy tarmog`ida shu hafta O`zbekiston hududida 9 balli zilzila sodir bo`lishi mumkinligi aytilgan videoxabar tarqalgan. Videodagi shaxs ushbu hafta O`zbekistonda 9 balli zilzila sodir bo`lishidan ogohlantirib, odamlarni ehtiyot bo`lishga chaqirgan. 

Kiberxavfsizlik markazining ma`lumot berishicha, videoda aytilgan gaplar yolg`on. Shuningdek, markaz odamlarni bunday xabarlarga ishonib qolmaslikka chaqirgan. 

"Feyk xabarlarga aldanmang, batafsil ma`lumotlarni olish uchun bizning kanallarimizni kuzatib boring!", deyiladi markaz xabarida. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar