AsosiyJamiyat

O`zbekistondan BAA va Turkiyaga parvozlar uchun chegirma e`lon qilindi

'O`zbekistondan BAA va Turkiyaga parvozlar uchun chegirma e`lon qilindi'ning rasmi

Uzbekistan Airways O`zbekistondan Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyaga parvozlar uchun chegirma e`lon qildi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston shaharlaridan Istanbul, Dubay va Sharjaga sayohat qilishni rejalashtirgan yo`lovchilar ushbu imkoniyatdan foydalanib, aviachiptalarni 40 foizgacha chegirma bilan sotib olishlari mumkin.

Qayd etilishicha, 2023 yil 30 martdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent va Farg`onadan Dubay va Sharja yo`nalishlaridagi reyslarda narxlar pasayadi. Shunday qilib, Toshkent – Dubay – Toshkent aviachipta narxi 2 427 000 so`mdan, Farg`ona – Dubay – Farg`ona reyslarida aviachipta narxi 2 451 000 so`mdan, Toshkent – Sharja – Toshkent reyslarida esa aviachipta narxi 2 304 000 so`mdan boshlanadi.

Shuningdek, 2023 yil 30 martdan 14 maygacha Uzbekistan Airways O`zbekiston shaharlaridan Istanbul yo`nalishidagi barcha qatnovlarga maxsus chegirmalar joriy etadi. Belgilangan muddatda aviachipta sotib olayotganda, aviakompaniya iqtisodiy toifadagi yo`lovchilar uchun tarifdan 20% va biznes-klassdagi yo`lovchilar uchun tarifdan 40% chegirma taqdim etadi. Chegirmalar belgilangan muddatda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg`ona va Urganchdan Istanbulga bo`lgan barcha reyslarga amal qiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar