Kecha “Yoshlar” telekanali orqali soat 12.05da Qoraqalpog`iston Respublikasidan tayyorlangan “Biz tomonlarda” ko`rsatuvi namoyish etilgan.
Ko`rsatuvda “Qoraqalpog`iston Respublikasi”ning nomi xato ko`rsatilgan. Ushbu xatosi uchun "Yoshlar" telekanali teletomoshabinlardan uzr so`radi.
"Bugun telekanalimiz faoliyatida juda kam-kam uchraydigan qo`pol xatolikka yo`l qo`yildi.
Bugun “Yoshlar” telekanali orqali soat 12.05da Qoraqalpog`iston Respublikasidan tayyorlangan “Biz tomonlarda” ko`rsatuvi namoyish etilgan edi.
Ko`rsatuvda montaj jarayonidagi texnik xatolik sababli “Qoraqalpog`iston Respublikasi”ning nomi xato ko`rsatilgan.
Ushbu qo`pol xatolikka yo`l qo`yilgani uchun biz, "Yoshlar" telekanali jamoasi ko`p sonli teletomoshabinlarimizdan uzr so`raymiz. Hozir aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko`rilmoqda", - deydi telekanal jamoasi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur ko`rsatuv “Qoraqalpog`iston Respublikasi”ning nomi to`g`rilangan holda kecha soat 18:33da qayta namoyish etilgan.
Telekanalning qayd etishicha, kelgusida telekanalda bu kabi holatlarning takrorlanmasligi yuzasidan qat`iy choralar ko`riladi.






