AsosiyJamiyat

Ayni daqiqalarda Prezident Xitoy delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazmoqda

'Ayni daqiqalarda Prezident Xitoy delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazmoqda'ning rasmi

Ayni daqiqalarda Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xitoy Kompartiyasi Markaziy qo`mitasi Siyosiy byurosi a`zosi, SUAT Kompartiyasi Partiya qo`mitasi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi XXR delegasiyasi bilan uchrashuvi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Davlat rahbarining Matbuot kotibi xabar berdi.

Unda Xitoyning eng yirik va etakchi hududlaridan biri - Sinszyan-Uyg`ur avtonom tumani bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

 Kun tartibidagi masalalar:

● qayta tiklanuvchi energetika;

● transport infratuzilmasini rivojlantirish va logistika;

● sanoat parklari va qishloq xo`jaligi klasterlarini tashkil etish;

● ta`lim, sog`liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlik istiqbollari.   

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar