AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Butunjahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi yig`ilishi o`tkazishga tayyorgarlik ko`rilmoqda

'O`zbekistonda Butunjahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi yig`ilishi o`tkazishga tayyorgarlik ko`rilmoqda'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida mamlakatimiz turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu borada qabul qilingan choralar katta natijalar berishni boshlagani ta`kidlandi.

Jumladan, 2022 yilda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga oshdi (5,2 million, soha eksporti – 1,6 milliard dollar). 

Ichki turizm dasturlari doirasida 11,5 million, shundan 1,5 million ehtiyojmand aholi, yoshlar va keksalar sayohatlari tashkil etildi. 

Samarqandda yangi turizm markazi barpo etilgani qo`shimcha 2 million sayyoh jalb qilish imkonini berdi. 

Bu yili yurtimizda Butunjahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi yig`ilishini o`tkazishga katta tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Bundan tashqari, Samarqand 2023 yilgi Butunjahon turizm poytaxti maqomini olgani ham bu boradagi ishlarning yuqori natijalaridan biridir.

 

    Boshqa yangiliklar