AsosiyJamiyat

Prezident 1 maydan boshlab vodiy – Urganch, vodiy – Termiz, vodiy – Buxoro, vodiy – Samarqand, Termiz – Nukus, Samarqand – Urganch, Buxoro – Urganch kabi yo`nalishlar bo`yicha muntazam aviareyslarni yo`lga qo`yishni topshirdi

'Prezident 1 maydan boshlab vodiy – Urganch, vodiy – Termiz, vodiy – Buxoro, vodiy – Samarqand, Termiz – Nukus, Samarqand – Urganch, Buxoro – Urganch kabi yo`nalishlar bo`yicha muntazam aviareyslarni yo`lga qo`yishni topshirdi'ning rasmi

So`nggi yillarda 5 ta yangi xususiy aviakompaniya tashkil qilindi, aviapark 44 taga etdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`tgan yili yangi Samarqand aeroporti “beshinchi osmon” rejimida ishlashiga o`tgani hisobiga, haftalik aviaqatnovlar soni 46 tadan 78 taga, yo`lovchi oqimi esa 6,5 mingdan 10 mingtaga ko`paydi.

Lekin, ichki reyslar taqchilligi kuzatilmoqda, temir yo`lda haftasiga 68 ta qo`shimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab bor. Qoraqalpog`iston, Jizzax, Namangan va Surxondaryoda sayyohlarga avtobus etishmaydi.

Shu munosabat bilan fuqarolik aviasiyasi rahbarlariga:

- yil yakuniga qadar 20 ta qo`shimcha zamonaviy samolyotlarni olib kelib, milliy aviasiya parkini 64 taga etkazish;

- aviaqatnovlar sonini haftasiga hozirgi 461 tadan 700 taga etkazib, yillik yo`lovchi tashishni 7,5 millionga olib chiqish; 

- 1 maydan boshlab vodiy – Urganch, vodiy – Termiz, vodiy – Buxoro, vodiy – Samarqand, Termiz – Nukus, Samarqand – Urganch, Buxoro – Urganch kabi yo`nalishlar bo`yicha muntazam aviareyslarni yo`lga qo`yish topshirildi. Bunda, aviabilet xarajatlarining 25 foiziga subsidiya beriladi va bunga 60 milliard so`m ajratiladi.

Umuman, jami mahalliy reyslar soni 2 baravar oshirilib, 100 taga etkazilishi kerakligi ko`rsatib o`tildi.

 

    Boshqa yangiliklar