AsosiyJamiyat

Sayyohlik yo`nalishi uchun 300 milliard so`mlik kredit liniyalari ochiladi — Prezident

'Sayyohlik yo`nalishi uchun 300 milliard so`mlik kredit liniyalari ochiladi — Prezident'ning rasmi

Sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalarga aylanma va investisiyani ko`paytirish uchun qo`shimcha 300 milliard so`mlik kredit liniyalari ochiladi. Bu kreditlar bo`yicha foizlarning bir qismini Tadbirkorlik jamg`armasidan qoplash tartibi joriy qilinadi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig`ilishda xorijiy sayyohlarning O`zbekistonda bir kun ko`proq qolishi – yillik turizm eksportini 300 million dollarga oshirishi ta`kidlandi.

Misol uchun, bugungi kunda Xorazmda turistlarning qolish muddati – o`rtacha 2 kun, sarflaydigan mablag`i – 220 dollar. Xorijiy turistlar Buxoro, Samarqandga qaraganda Xorazmda 2,5 baravar kam. Lekin, Xorazmda sayyohlarni 3-4 kun olib qolish va 400-500 dollar xarajat qilishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. 

Yoki, o`tgan yili 31 ta tuman va 143 ta mahalla turizmga ixtisoslashtirib, ularda alohida soliq rejimi joriy qilindi. Bu imkoniyatdan Forish, Urgut, Xo`jayli, Payariq, Nurota tumanlari va Angren shahri samarali foydalangan. 

Na temir yo`li bor, infratuzilmasi rivojlanmagan, chekka hududda joylashgan bu tumanlarda shuncha o`zgarish bo`lib, sharoiti ancha yaxshi bo`lgan Kogon, Kitob, Xatirchi, Qiziltepa, Yangiqo`rg`on, Toyloq, Boysun, Parkent, Bog`ot tumanlari bu imkoniyatlardan foydalanmayotgani tanqid qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar