AsosiyJamiyat

Viloyat hokimlari va elchilarga 7 mln xorijiy sayyohlarni jalb qilish vazifasi yuklatildi

'Viloyat hokimlari va elchilarga 7 mln xorijiy sayyohlarni jalb qilish vazifasi yuklatildi'ning rasmi

Joriy yilda viloyat hokimlari va elchilar 7 million xorijiy va 15 million ichki sayyohlarni jalb qilish, eksportni 2,5 milliard dollarga etkazish ustida aniq reja va majburiyat bilan ishlashlari shartligi ko`rsatib o`tildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident topshirig`iga ko`ra, turoperator, mehmonxona, transport korxonalari, oliygohlar vakillari bilan bir necha bor uchrashilib, ularning muammolari va takliflari o`rganildi.

O`rganishlar ko`rsatganidek, turistlarni faol jalb qiladigan joylar haqida kontent kam, bori ham qiziqarli emas, sayyohlarni 4-5 kun olib qoladigan turpaketlar etishmaydi. Yo`l chiptalarini 3-6 oy oldindan bron qilish, sotib olishda noaniqliklar juda ko`p. Muzey, teatr, madaniyat maskanlari turizm dasturlari bilan bog`lanmagan, ularning ishlash vaqti ham sayyohlar talabidan kelib chiqmagan. 

Davlatimiz rahbari soha mutasaddilari shu va boshqa kamchiliklar bilan tizimli ishlamayotganini tanqid qildi va keskin o`zgarish qilinishi zarur bo`lgan yo`nalishlarni ko`rsatib o`tdi.

 

    Boshqa yangiliklar