AsosiyJamiyat

Qirg`iziston—O`zbekiston chegarasida qurol va o`q-dorilar saqlangan yashirin joy topildi

'Qirg`iziston—O`zbekiston chegarasida qurol va o`q-dorilar saqlangan yashirin joy topildi'ning rasmi

28 mart kuni Qirg`iziston-O`zbekiston davlat chegarasida qurol-yarog` va o`q-dorilar saqlangan yashirin joy topildi. Bu haqda Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi chegara xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida chegara posboni bilan vazifasini o`tayotgan xizmat iti davlat chegarasidan 600 metr masofada signal bergan. 

“Chegarachilar bu joyda suv qudug`iga yashiringan arralangan 16 kalibrli ov miltig`ini topdi”, — deyiladi xabarda.

Qurol polietilen plyonka bilan o`ralgan bo`lgan. Qurol va o`q-dorilar bayonnomaga muvofiq rasmiylashtirilib, Qirg`iziston Ichki ishlar vazirligi hududiy bo`linmasi xodimlariga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar