1

ShHTga a`zo davlatlar soni bittaga ko`payadi

Siyosat 29.03.2023, 20:31
ShHTga a`zo davlatlar soni bittaga ko`payadi

Saudiya Arabistoni Vazirlar Mahkamasi qirollikka Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) muloqot bo`yicha hamkori maqomini berish to`g`risidagi memorandumni tasdiqladi. Bu o`tgan yili dekabr oyida Xitoy rahbari Si Szinpinning Saudiya Arabistoniga tashrifi chog`ida muhokama qilingan. Muloqot bo`yicha hamkor maqomi davlatga o`rta muddatli istiqbolda to`liq a`zo bo`lishi oldidan tashkilotdagi birinchi qadam bo`ladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.  

Xabarda aytilishicha, kecha, 28 mart kuni qirol Salmon bin Abdulaziz al Saud raisligida Vazirlar Mahkamasi yig`ilishi bo`lib o`tgan. Xususan, Saudiya Arabistoni hukumati qirollikka ShHT muloqotida sherik maqomini berish to`g`risidagi memorandumni tasdiqlagan.

Hozirda ShHTga Hindiston, Qozog`iston, Xitoy, Qirg`iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O`zbekiston a`zo hisoblanadi. Afg`oniston, Belarus, Eron va Mo`g`uliston kuzatuvchi davlat maqomiga ega, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka hamkor davlatlar maqomiga ega. 2022 yil 16 sentyabr kuni Samarqand shahrida bo`lib o`tgan sammitda Misr, Qatar va Saudiya Arabistoni bilan muloqot bo`yicha sheriklik memorandumlari imzolangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1