1

«Erim asal oyimizni zaharga aylantirdi...»

SUG'DIYONA 04.10.2016, 09:21
Teglar: Ayol, Erkak, Ota-ona, Oila, Er-xotin
«Erim asal oyimizni zaharga aylantirdi...»

— O`zim hamshiraman, erim universitet talabasi. Sevib-sevilib turmushga chiqdim. Turmush o`rtog`im bilan 4 yil davomida bir-birimizni sinaganmiz. Oila qurishimizdan avval erimning ota-onasi tomonida qarshiliklar bo`lgan, shunga qaramay muhabbatimiz baridan ustun keldi. Biroq turmush degani kemtiksiz bo`lmas ekan shekilli, hali chillam chiqmasidanoq erimning boshqa qizlar bilan yozishmalarini o`qib, xiyonat qilishiga amin bo`ldim. Yozishmalarning mazmunini gapirmayman, biroq boshqa qizlar bilan yurishiga ishonchim komil. O`sha xabarlarni o`ziga ko`rsatganimda, katta janjal ko`tarib, meni do`pposlay ketdi. Aybsiz aybdor bo`lib, emagan somsamga pul to`lab qolaverdim. Qaynota-qaynonam bu gaplardan xabar topgach, xo`jaynimni qattiq koyishgan shekilli, biroz o`zini bosib oldi. Biroq ichimda nimadir uzilgandek bo`ldi. Sevgan insonimdan ko`nglim qoldimi, hafsalam pir bo`ldimi, bilmayman... Xuddi o`zimni aldab, ovutib yurgandekman. Erim esa asabiy bo`lib qolgan, tez-tez qo`l ko`taradi. Endi unga qanday munosabatda bo`lishni bilmayapman. Nima qilsam, hayotim o`nglanarkan?

Dilnoza, 21 yosh, Andijon viloyati 

Qaynonajon: — Ha, xiyonatning ko`chalari chirkin, iflos. Yaqin insoningiz shu ko`chaga adashib kirib qolgan ekan, siz aql bilan ish tuting. «Endi nima qilsak ekan, munosabatlarni qayta tiklasa bo`ladimi?» degan savol sizni ham, dardingizga sherik dardkash sifatida bizni ham qiziqtiradi. To`kis farovon oilada yashaysizlar, shuning o`zi ham baxt. Biroq ko`ngil sovudi debsiz, bu xato. To`g`ri ko`ngil qo`lda emas, istaganingga ko`nmaydi. Ammo uni aql boshqara bilsa, ana shunda baxtga erishish mumkin. Jon qizim, og`izdagi oshni oldirish oson, biroq bunga yo`l qo`ymaslikning choralari ko`p. Bari o`zingizga bog`liq. Ko`ngil sovudi deb, ko`l siltasangiz, baxtdan quruq qolib ketaverasiz. Hayot esa kurashlardan iborat. Biz — ayol zoti aql, tafakkur bilan ish tutishimiz lozim. Axir muqaddas nikoh rishtalari birlashtirgan jufti halolingiz nega endi vaqtinchalik hoyu xavas qurboniga aylanishi kerak? Nega ko`nglingizning sultonini osongina birovlarga berib qo`yaverishingiz kerak? Yo`q! Siz ojiza emas, kuchli insonsiz, chunki ayolsiz! Kuchingiz aqlingiz, tilingiz va dilingizda. Shu qurollarni yaxshilikka ishlata olsangiz, g`alaba siz tomonda bo`lishi muqarrar. Oilaviy baxt tilab qolamiz, ko`nglingiz yashash ishqi bilan yonsin, jon qizim. 

Shahnoza halilova, ruhshunos: — Har bir erkak va ayolning faqat o`zigagina tegishli bo`lgan shaxsiy hududi bo`ladi. Siz o`zingiz istamagan holda eringizning mana shu shaxsiy xududiga daxl qilgansiz. Natijada uning ishonchini yo`qotdingiz. Sizga nisbatan ishonchi so`nib ulgurdi. Endi u sizni do`st emas, dushman sifatida qabul qilishni boshladi. Uning bu hatti-harakatlari o`smirlarga xos. Demak, ishni uning ishonchini tiklashdan boshlashingiz lozim. Buning uchun uzoq vaqt va kuchli istak kerak bo`ladi. Avval turmush o`rtog`ingiz kuzatib, xiyonat botqog`iga qanchalik chuqur botganligini aniqlab oling. So`ng shunga qarab, keyingi qadamni tashlaysiz. Nima bo`lganda ham, ikkingizning munosabatlaringizga uchinchi tomonni aralashtirmang. Sabr va aql bilan ish ko`ring. Biroq yodingizda bo`lsin, eringizga barcha istaklarini g`iq etmay bajaraveradigan qo`g`irchoq emas, aqilli ayol kerak. Sabr qilish ursa ham chidash degani emas, aksincha uni qo`l ko`tarishgacha olib bormaslik, aslida. O`z «men»ingizni unutmagan holda harakat qiling. 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1