DXX matbuot xizmatining Darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ko`p miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi.
Xususan, “o`zbek-tojik” davlat chegarasining Urgut tumani hududidan o`tuvchi qismida 1997 y.t. mahalliy fuqaro ushlanib, undan mamlakatimizga qo`shni Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo`li bilan olib o`tilgan 19 kg 799 gr. “opiy” moddasi prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan DXX Samarqand viloyati bo`yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, uning jinoiy aloqalarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.






