AsosiyJamiyat

Toshkentda 19 yoshli jizzaxlik qizni urib yuborib, uning o`limiga sababchi bo`lgan 22 yoshli yigit qamaldi

'Toshkentda 19 yoshli jizzaxlik qizni urib yuborib, uning o`limiga sababchi bo`lgan 22 yoshli yigit qamaldi'ning rasmi

Butun respublika bo`ylab shaharlardagi harakat tezligi 70 km/soatdan 60 km/soatga pasaytirilgani bejiz emas. Sababi yo`llardagi transport hodisalari va buning oqibatida vafot etayotganlar soni ortib bormoqda. Huddi shunday holat yana poytaxtda kuzatildi. 

Jizzaxdan Toshkentga o`qish uchun kelgan 19 yoshli qiz piyodalar yo`lidan o`tayotganida uni 22 yoshli yigit ehtiyosizligi sabab urib yuborgan. Yigit shu zahoti qizni o`z mashinasida shifoxonaga olib borgan va shifoxonadan chiqgunigacha moddiy ta`minlab turgan.

Sud hujjatlarida aytilishicha, qiz 45 kun koma holatida bo`lgan. So`ng ahvoli biroz yaxshilanib, uyiga kelgan. Ammo 2022 yil 2 dekabr kuni qiz o`z uyida Jizzaxda vafot etgan. Bunga o`sha avariya sabab qilib ko`rsatilgan. 

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tuman sudida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxsga oid ish ko`rib chiqilib, sudlanuvchi 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

    Boshqa yangiliklar