Uzbekistan Airways Toshkentdan Bokuga muntazam aviaqatnovlar sonini oshiradi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkent – Boku – Toshkent aviaqatnovlari haftasiga to`rt marta – seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Shanba va yakshanba kunlari HY755 Toshkent – Boku va HY756 Boku – Toshkent qatnovlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.
Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan (Toshkent) soat 07:35 da
Bokuga kelish mahalliy vaqt bilan (Boku) soat 09:30 da
Bokudan uchish mahalliy vaqt bilan (Boku) soat 10:30 da
Toshkentga kelish mahalliy vaqt bilan (Toshkent) ertasi kuni soat 14:05 da
Toshkent – Boku yo`nalishi bo`yicha bagaj bilan aviachiptalar narxi 1 918 785 so`mdan, Toshkent – Boku – Toshkent yo`nalishida esa 3 874 470 so`mdan boshlanadi.
Ma`lumot uchun, joriy yilning 28 martidan boshlab Ozarbayjon mamlakatga kelayotgan fuqarolar uchun COVID-pasportlarini taqdim etish talabini bekor qildi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, "UzAirways" mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.






