AsosiyJamiyat

1697 nafar o`qituvchi 9 oy davomida Vazir jamg`armasidan 5 million so`m miqdorida qo`shimcha ustama oladi

'1697 nafar o`qituvchi 9 oy davomida Vazir jamg`armasidan 5 million so`m miqdorida qo`shimcha ustama oladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan, o`z ustida doimiy ishlaydigan, o`zining o`qitish uslubiga ega bo`lgan o`qituvchilarni yanada qo`llab-quvvatlash maqsadida Vazir jamg`armasidan har oylik ustama to`lanadigan malakali pedagoglarni saralash jarayonlari bo`lib o`tdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, bir necha bosqichda o`tkazilgan sinovlarda “Boshlang`ich ta`lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo`nalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumta`lim fani bo`yicha bilim darajasi baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko`ra, Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan 5000 dan ortiq nomzoddan 1697 nafari Vazir jamg`armasidan to`lanadigan ustama olish huquqiga ega bo`lishdi.

Mazkur o`qituvchilar endilikda 9 oy davomida (2023 yil aprel-dekabr oylari) mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln so`m) har oylik ustama olishadi.

Vazir jamg`armasidan har oylik ustama olish uchun o`tkaziladigan navbatdagi sinov jarayonlari haqida vazirlik rasmiy axborot manbalari orqali xabar beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar