Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati rahbari Manija Bahrieva ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur tadqiqot 2022 yilning dekabr 2023 yilning yanvar oylarida respublikaning 7 hududiy birligi: Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Andijon, Navoiy, Samarqand, Toshkent, Farg`ona viloyatlarida tazyiq va zo`ravonlikka duch kelgan 183 nafar xotin-qizlar orasida o`tkazildi.
Tadqiqot ishi doirasida 2022 yil davomida sodir etilgan tazyiq va zo`ravonlik holatlari tahlil qilindi, jabrlanganlar va soha mutaxassislari o`rtasida sosiologik so`rovlar o`tkazildi, shuningdek sohaga mas`ul bo`lgan tashkilot va idoralar faoliyati hamda Yaponiya, Singapur, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Argentina kabi xorijiy davlatlar tajribasi o`rganildi.
O`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra:
– 53% respondent hasad qilish, shaxsiy hayotga aralashish, rashk qilishni tazyiq va zo`ravonlik deb hisoblashadi;
– har uchinchi respondent (33,3%) menga nisbatan turmush o`rtog`im zo`ravonlik sodir etgan, degan fikrni bildirishgan, 26,2 foizi esa qaynonasi zo`ravonlik sodir qilishini ma`lum qilishgan;
– har to`rtinchi (26,7%) respondent ularga Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markazi tomonidan psixologik yordam ko`rsatilganligini ta`kidlashgan;
– har beshinchi (21,6%) so`rov ishtirokchisi agarda unga nisbatan zo`ravonlik holati sodir etilsa, dastlab mahalla xodimlariga murojaat qilishini ma`lum qilgan;
– respondentlarning aksariyat qismi (42,5%) tazyiq va zo`ravonlik bo`yicha kerakli joyga murojaat qilgandan keyin turmush o`rtog`ining munosabati ijobiy tomonga o`zgarganligini qayd etishgan;
– har uchinchi (31%) respondent profilaktik oilaviy suhbatlar tashkil qilish orqali oilaviy zo`ravonlikni oldini olishning eng samarali chorasi deb hisoblaydi.
-har to`rtinchi ishtirokchi (26,2%) esa ta`lim muassasalarida maxsus o`quv dasturlari ishlab chiqish va ta`limga joriy qilish maqsadga muvofiq degan javobni bildirishgan.
183 nafar so`rov o`tkazilgan ayolning har uchinchisi shunday javob bergan.






