AsosiyJamiyat

Toshkentdagi omborda yong`in sodir bo`ldi (video)

'Toshkentdagi omborda yong`in sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Bugun, 30 mart kuni soat 14:04 da Shayxontohur tumani "Ibn Sino" MFY Toshkent halqa aylanma yo`li ko`chasida joylashgan plastmassa mahsulotlarini saqlash omborida yong`in sodir bo`ldi.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berdi.

Shunga ko`ra, 7 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:06 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:51 da qurshab olingan va soat 15:23 da bartaraf etilgan.

Yong`in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar