1

Parkent qishloqlarida sel kuzatilgani to`g`risidagi videolar o`tgan yilgi bo`lib chiqdi

Jamiyat 30.03.2023, 20:34
Parkent qishloqlarida sel kuzatilgani to`g`risidagi videolar o`tgan yilgi bo`lib chiqdi

Toshkent viloyatining tog`oldi hududlaridan hisoblanadigan Parkent qishloqlariga sel kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur xabarlar yuzasidan ma`lumot berdi

Xabarga ko`ra, haqiqatan ham bugun kunning ikkinchi yarmida Parkent tumanida kuchli bo`lmagan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kuzatildi. Ammo ushbu tarqalgan videoda sel kelgani aks etgan tasvirlar 2022 yilning 14 may kuni Parkent tumani “Nurobod” mahallasi Shaxay ko`chasida yuzaga kelgan. 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati toshqinga qarshi komissiya tomonidan toshqin suvlarini xavfsiz o`tkazib yuborish bo`yicha chora-tadbirlar belgilab olingan. Sel oqimlari, suv toshqinlari hamda ko`chki xavfi yuqori bo`lgan hududlar tanlab olinib, aholi va hududlarga xavf solishi mumkin bo`lgan joylarda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi muhandislik tadbirlarini maxsus-o`quv taktik mashqlar orqali muntazam amalga oshirib kelmoqda. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyatning tog` va tog`oldi hududlarida 7 ta nazorat kuzatuv postlari tashkil etilgan bo`lib, ular tomonidan doimiy nazorat o`rnatilgan.

“Shu o`rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asossiz, noto`g`ri xabarlarni tarqatmaslikni so`rab qoladi”, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1